«Barselona» Lorentening Olmoga ishlatgan foli uchun penalti talab qildi (foto)
15 APREL, 2026, 01:00
«Barselona» klubi «Atletiko»ga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limida penalti talab qildi.
O'yinning 41-daqiqasida yarim himoyachi Dani Olmo madridliklar jarima maydonchasi chetida to'pni qabul qilib oldi, ichkariga yorib kirdi va Markos Lorente bilan to'qnashuvdan so'ng yiqildi. Lorente raqibini biroz turtib yuborgan bo'lishi mumkin edi.
Bosh hakam Kleman Tyurpen «blaugrana» futbolchilarining talablariga qaramay, o'n bir metrlik jarima zarbasini belgilamadi. VAR hakamlari ham uning qarorini ma'qullashdi.

