logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta: «Bu haqiqatan ham juda kuchli jamoa»

 14 APREL, 2026, 22:12

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta odatdagidek bo'lajak raqib sha'niga iliq so'zlarni ayamadi. Bu safar u Lissabonning «Sporting» jamoasi haqida gapirdi.

«Ularga qarshi o'tkazilgan birinchi o'yin meni ajablantirmadi. Biz ular qanchalik kuchli ekanligini va raqibga qanday turli usullar bilan xavf tug'dirishi mumkinligini yaxshi tushunamiz. Bu haqiqatan ham juda yaxshi shakllangan jamoa va ular buni dastlabki bahsda isbotlashdi. Shu sababli, ertangi o'yin biz uchun juda qiyin bo'lishini bilamiz», — dedi Arteta «Arsenal» matbuot xizmatiga.

Eslatib o'tamiz, bir hafta oldin Lissabonda kechgan bahsda «Arsenal» qiyinchilik bilan 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. O'yinning so'nggi daqiqalarida Gabriel Martinellining ajoyib uzatmasidan so'ng Kay Xaverts g'alaba golini kiritgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ