logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bellingem: "Odamlar yolg'on gapirishgan"

 14 APREL, 2026, 22:00

«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem alkogol bilan bog'liq muammolari borligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

Avvalroq ispaniyalik yutuber AuronPlay «qaymoqranglilar»ning ingliz yarim himoyachisi ichkilikka berilgani haqida bayonot bergan edi: «Ispaniyada Jud Bellingem kirmagan birorta klub qolmadi. U alkogolni haddan tashqari yaxshi ko'radi. Mashg'ulotlarda esa undan rom hidi kelib, terlab yuradi».

Bellingem 20 yanvar kuni Chempionlar Ligasida «Monako»ga qarshi o'yinda (6:1) gol urdi va uni qo'lida qadahlarni ifodalovchi harakatlar bilan nishonladi.

«Menimcha, bu haqda avval ham aytganman: shaxsiy hayot bilan futbolni aralashtirib bo'lmaydi. Odamlar meni ko'p ichadi deb yolg'on gapirishdi, lekin bu haqiqat emas. Men o'ta professionalman.

Ushbu [gol nishonlanishi] shunchaki hazil edi, xolos», — dedi Bellingem Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «Bavariya»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ