logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tarixiy natija! Javohir Sindarov — FIDE Nomzodlar turniri g'olibi!

 14 APREL, 2026, 21:48

O'zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Kiprda o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha 2026 yilgi Nomzodlar turnirida g'oliblikni qo'lga kiritdi. 20 yoshli Sindarov uchun turnir muvaffaqiyatli bo'ldi. 13-turda Sindarov dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri, niderlandiyalik Anish Giriga qarshi dona surdi.

Ushbu bahs 57-yurishda durang natija bilan yakunlandi. Mazkur ko'rsatkich evaziga Javohir turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Ayni paytda Sindarov 9,5 ochko bilan 1-o'rinni egallab turibdi. U eng yaqin ta'qibchisi Anish Giri bilan 2 ochkolik farqni saqlab qoldi va turnir yakunlanishiga bir tur qolganda chempionlikni rasmiylashtirdi. Sindarov so'nggi, 14-turda xitoylik Vey-Yi bilan bahs yuritadi.

Umuman olganda, o'zbekistonlik shaxmatchilar orasida ilk bor Nomzodlar turnirida qatnashayotgan Sindarov musobaqani mag'lubiyatsiz davom ettirmoqda. U ortda qolgan turlarda Andrey Esipenko, Rameshbabu Pragnanandha (ikki marta), Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va Vey Yi kabi kuchli grossmeysterlar ustidan g'alaba qozondi.

14 turdan iborat musobaqaning umumiy sovrin jamg'armasi 700 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Javohir Sindarov 15 aprelga qadar davom etadigan mazkur turnir g'olibi sifatida amaldagi Jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Turnir sanasi va manzili FIDE tomonidan e'lon qilinadi.

Shuningdek, Sindarov live reytingda 2775,5 ochko jamg'arib, dunyoning 5-raqamli shaxmatchisiga ham aylandi. Undan yuqorida o'zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov (2780), Fabiano Karuana (2784,9), Hikaru Nakamura (2794,1) va Magnus Karlsen (2840) joylashgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ