logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Robben: «Kompani juda yaxshi ishni amalga oshirdi»

 14 APREL, 2026, 20:24

«Bavariya» va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Aren Robben Myunxen klubining Vensan Kompani qo'l ostidagi rivojlanishiga yuqori baho berdi.

«Bavariya» haqiqiy bir jamoa sifatida shakllangan. Vensan Kompani juda yaxshi ishni amalga oshirdi. Ular hujumga tez o'tishmoqda va himoyaga ham xuddi shunday tez qaytishmoqda. Yuqori darajadagi jamoaga xos xususiyat ham aynan shu — barchaning birdek himoyaga qaytishi va chekinishidir.

Hozirda hamma narsa keraklidek ishlamoqda, har bir futbolchi o'z vazifasini yaxshi biladi. Ularda aniq reja bor va deyarli har bir o'yinda raqibdan ustun kelishmoqda», — deya Robbenning so'zlarini keltirmoqda Myunxen klubi rasmiy sayti.

Ayni damda «Bavariya» Bundesligada peshqadamlik qilmoqda va UEFA Chempionlar Ligasining 1/4 finalida ishtirok etmoqda. Eslatib o'tamiz, ertaga jamoani «Real Madrid»ga qarshi o'ta muhim javob o'yini kutmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ