logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kompani «Real» bilan o'yin oldidan hakamlik borasida hazil qildi

 14 APREL, 2026, 20:24

Chorshanba kuni «Bavariya» Chempionlar Ligasi chorak final javob bahsida «Real Madrid»ni qabul qiladi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani hakamlik qarorlari o'yin natijasiga ta'sir qilmasligiga umid bildirdi.

«Real»ga qarshi o'yinda hamma narsa ko'plab omillarga bog'liq bo'ladi. Barchasi individual mahoratdan boshlanadi. Shuningdek, jamoaviy shiddat va oxirigacha chidashga tayyorlik kabi jihatlar bor.

Ba'zida hakam ham o'yin taqdiriga ta'sir o'tkazib qo'yishi mumkin. Umid qilamanki, bu safar bunday bo'lmaydi (kuladi). Ayniqsa, «Real» bilan o'yinda har bir mayda detal muhim ahamiyatga ega. Biz ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan juda yaxshi tayyormiz va bu o'yinni intizorlik bilan kutyapmiz», — dedi Kompani jurnalistlarga.

Eslatib o'tamiz, Madridda kechgan birinchi uchrashuvda «Bavariya» 2:1 hisobida g'alaba qozonib qaytgan edi. Javob o'yini ertaga, 15 aprel kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi. To'qnashuv g'olibi yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ