logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atletiko» stadioni maysasi «Barsa» shikoyatidan so'ng kaltalatiladigan bo'ldi

 14 APREL, 2026, 18:30

«Barselona» klubining shikoyatidan so'ng, «Atletiko» stadioni maydonidagi maysalar kaltalab qirqiladigan bo'ldi.

Bugun «Metropolitano» stadionida Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida «Atletiko» va «Barselona» o'rtasidagi javob uchrashuvi bo'lib o'tadi (birinchi o'yin – 2:0). Dushanba kuni kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik UEFA vakillariga maydondagi maysaning balandligi va uning etarlicha namlanmaganidan shikoyat qilgan edi.

Jurnalist Elena Kondisning xabar berishicha, «Barselona»ning mashg'ulotidan so'ng maydondagi maysalar qirqilgan. Bugun kunduzi gazon yana bir bor kaltalatiladi, toki maysa balandligi reglamentga muvofiq bo'lsin. UEFA kechqurungacha maysa balandligi 26 millimetrdan oshmasligini ta'minlash majburiyatini oldi. Reglamentga ko'ra, u 30 millimetrdan oshmasligi kerak.

Qayd etilishicha, «Atletiko» klubi Flikning shikoyatlarini o'yin oldidan bosimni kuchaytirishga bo'lgan urinish sifatida qabul qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ