logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ana xolos! "Paxtakor" Ahmedov sharafiga "muzlatilgan" raqamni yosh darvozaboniga berdi

 14 APREL, 2026, 14:32

Toshkent klubi 2021 yil 18 dekabr kuni Odil Ahmedov faoliyatiga minnatdorlik ramzi sifatida 25-raqamli libosni unga umrbod biriktirgan holda taqdim etgandi.

Biroq bu raqam 2026 yilgi mavsumga kelib 18 yoshli posbonga berildi. Championat.asia muxbiri Tolibjon Qosimov bu mavzuga etibor qaratib, o'z sahifasida quyidagilarni yozib qoldirdi:

“2021 yilning 18 dekabr sanasida Odil Ahmedov o'z kitobining taqdimot marosimida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini rasman elon qilgandi. O'sha kuni "Paxtakor" rahbariyati Ahmedovga jamoaning 25-raqamli libosini umrbodga biriktirgan holda taqdim etgandi, yani "Paxtakor"da 25-raqam Ahmedov sharafiga muzlatilgan edi. O'sha paytda bu raqamda o'ynab kelgan Eldorbek Suyunov esa 2022 yilgi mavsumda boshqa raqamni olishiga to'g'ri kelgan.

Lekin bu yilgi mavsum oldidan "sherlar" 2007 yilda tug'ilgan darvozabon Rasul Mamatovni aynan 25-raqam bilan "zayavka"dan o'tkazgan. Ushbu posbon U-21 chempionatida bir marta asosiy tarkibda (OKMK o'rinbosarlari bilan) hamda bir marta zaxiradan ("Qo'qon-1912" o'rinbosarlari bilan) maydonga tushishga ham ulgurdi”, – deyiladi xabarda.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ