«Real» «Barselona»ni quvib etish imkonsiz ekanligini tan oldi
14 APREL, 2026, 12:42
«Real» bor e'tiborini Chempionlar ligasi doirasidagi «Bavariya»ga qarshi javob o'yiniga qaratgan va o'z uyidagi 1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng yarim finalga chiqishga ishonmoqda. La Liga sovrini masalasiga kelsak, madridliklar chempionlik qo'ldan chiqarilganiga allaqachon tan berib bo'lishgan. Bu haqda The Athletic nashri sahifalaridagi maqolada aytib o'tilgan.
Ma'lumki, Ispaniya chempionatining o'tgan turi yakunlariga ko'ra, «Real»ning peshqadam «Barselona»dan ortda qolishi to'qqiz ochkogacha etdi. Oldinda yana ettita tur, jumladan, «Kamp Nou»dagi «El-Klasiko» bor, biroq madridliklar uchun kataloniyaliklarni quvib etish juda qiyin bo'ladi.
Qayd etish lozimki, «Barselona» Ispaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.
