logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Figu Olisening «Real»da o'ynash imkoniyatlari haqida gapirdi

 14 APREL, 2026, 12:12

Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Luish Figu «Bavariya» vingeri Maykl Olisening o'yinidan hayratda ekanini yashirmadi.

Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi Bundesliganing 27 ta uchrashuvida 12 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«U «Real»ga qarshi [Chempionlar ligasidagi] dastlabki o'yinni yuqori darajada o'tkazdi. Uning mahorati aql bovar qilmas darajada. Menga futbolchi sifatida juda yoqadi.

Agar u shu ruhda davom etsa, doimo «Oltin to'p»ga nomzod bo'ladi. Maykl — o'zgacha vinger va u «Bavariya»dek top-klubda o'ynayapti.

— U «Real»da o'ynay olarmidi? — Unda dunyoning istalgan jamoasida, xoh «Madrid» bo'lsin, xoh boshqasi, o'ynash uchun barcha fazilatlar mavjud», — dedi Luish Figu.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ