logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Timofeeva Ruan turniri ilk davrasida uchrashuv o'tkazdi

 14 APREL, 2026, 11:48

Franciyaning Ruan shahrida tennis bo'yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 283,347 dollarni tashkil etgan turnirning asosiy to'r bahslari start oldi.

Garchi musobaqaning saralash turniri final uchrashuvida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, Mariya Timofeeva omadsiz mag'lub (LL) sifatida asosiy to'rga yo'llanma olgandi. Tashkilotchilar asosiy to'rdagi franciyalik tennischi Elza Jakmoning o'rnini aynan Mariya hisobiga to'ldirishgandi. 

Afsuski, Timofeeva bu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Mamlakatimizning uchinchi raketkasi 1/16 finalda britaniyalik Keti Bulterga qarshi kortga chiqdi va deyarli qarshiliksiz 2/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.      

Taqqoslash uchun, Timofeeva WTA reytingida 153, Bulter 62-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ladi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ