logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari: Samvel Babayan jarimaga tortildi

 14 APREL, 2026, 11:12

Joriy yilning 10-aprel sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda mazkur sanagacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasi hamda U21 chempionati uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Superliga

«Mash'al» – «Bunyodkor»

Superliga 6-turi doirasidagi «Mash'al» – «Bunyodkor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 67-daqiqasida «Mash'al» futbol klubi futbolchisi Humoyun Murtozaev o'yin to'xtagan vaqtda raqib jamoa futbolchisining qorin qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan «Mash'al» futbol klubi futbolchisi Humoyun Murtozaevga nisbatan 2 ta o'yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo'llanilsin.

«Nasaf» – «Andijon»

Superliga 5-turi doirasidagi «Nasaf» – «Andijon» uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv davomida «Nasaf» jamoasi vakili Alisher Turdiqulov uchrashuv rasmiylariga nisbatan qo'pol muomala qilgani, haqoratli so'zlar ishlatgani aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 63-moddasiga asosan «Nasaf» vakili Alisher Turdiqulovga nisbatan jarima intizomiy jazo qo'llanilsin.

«Navbahor» – «Mash'al»

Uchrashuv tashkil etilishida bir qator kamchiliklar aniqlandi: tarkiblar o'z vaqtida e'lon qilinmagan, ekranda o'zgarishlar ko'rsatilmagan, videoyozuv taqdim etilmagan.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 73 va 76-moddalariga asosan «Navbahor» klubiga jarima qo'llanilsin.

Shuningdek, 52-daqiqada «Mash'al» futbolchisi Muhammadali Aliqulov hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.

Qaror: jarima intizomiy jazo.

«Dinamo» – «So'g'diyona»

Uchrashuvda maxsus jihozlardan foydalanish bo'yicha talablar buzilgan.

Qaror: «Dinamo» klubiga jarima.

Shuningdek, Jaloliddin Jumaboev (90+2) vaqtni cho'zgani uchun sariq kartochka olgan.

Qaror: jarima intizomiy jazo.

«Andijon» – «Navbahor»

«Andijon» bosh murabbiyi Samvel Babayan tomonidan hakamlarga nisbatan keskin e'tirozlar, maydonga chiqish, haqorat holatlari qayd etildi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 57, 61 va 63-moddalariga asosan Samvel Babayanga jarima qo'llanildi.

Shuningdek, 55-daqiqadagi e'tirozi uchun klubga ogohlantirish berildi.

«Navbahor» vakili Abdurauf G'ulomov uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan holda texnik hududda bo'lgani uchun jazolandi.

Qaror: jarima va litsenziyasi bekor qilinsin.

«So'g'diyona» – «Qo'qon-1912»

Bir qator futbolchilar tomonidan vaqtni cho'zish holatlari qayd etildi:
Shohrux Isoqov (70), Zoir Jo'raboev (81), Oybek Nurmatov (86), Shohrux G'adoev (90+1).

Qaror: barchasiga jarima intizomiy jazo.

«Xorazm» – «Dinamo»

Nikola Stoshich (90+4) vaqtni cho'zgani uchun jazolandi.

Qaror: jarima.

«Surxon» – «Buxoro»

Davron Merganov (56) vaqtni cho'zgani uchun jazolandi.

Qaror: jarima.

«Mash'al» – «Bunyodkor» (qo'shimcha holat)

Vlatko Stoyanovski (90+3) hakam qaroriga e'tiroz bildirgan.

Qaror: jarima.

OKMK – «Surxon»

Dostonbek Tursunov (70) simulyatsiya qilgani uchun sariq kartochka olgan.

Qaror: jarima.

«Neftchi» – «Paxtakor»

Paxtakor futbolchilari tomonidan vaqtni cho'zish holatlari:
Rustam Turdimurodov (60), Sanjar Quvvatov (78), Bashar Resan (90+5).

Qaror: barchasiga jarima intizomiy jazo.

U-21 chempionati

OKMK U21 – «Surxon» U21

Asrorbek Otaxonov (76) raqibga zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Qaror: 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya.

Shuningdek, «Neftchi» – «Paxtakor» hamda «Qo'qon-1912» – «Nasaf» uchrashuvlarida yuzaga kelgan holatlar hozirda qo'mita tomonidan qo'shimcha o'rganilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ