logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi»ni boshqaradigan kompaniya 630 mln zarar ko'rganini ma'lum qildi

 14 APREL, 2026, 11:12

«Chelsi» klubining bosh kompaniyasi £ 630 mln miqdorida zarar ko'rgani haqida hisobot berdi, deb xabar bermoqda Football.London.

Manbaning ta'kidlashicha, ushbu zarar 2025 yilning 30 iyunida yakunlangan 12 oylik davr ichida qayd etilgan.

BlueCo — Todd Boeli boshchiligidagi konsortsium bo'lib, u 2022 yilning may oyida London klubini £ 4,25 milliardga sotib olgan edi. Kompaniya, shuningdek, Frantsiyaning «Strasbur» klubiga ham to'liq egalik qiladi. Ikki jamoa o'rtasida nafaqat futbolchilar, balki murabbiylar borasida ham yaqin hamkorlik yo'lga qo'yilgan — masalan, shu yilning yanvar oyida frantsuz klubi bosh murabbiyi Liam Rosenor «Chelsi»ga o'tgan edi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, Boeli va uning sheriklari o'z futbol klublari orqali haftasiga o'rtacha £ 10,4 mln yo'qotmoqdalar. «Chelsi» sotib olingan vaqtdan beri BlueCo kompaniyasining umumiy zarari £ 1,6 mlrddan oshib ketdi.

Eslatib o'tamiz, aprel oyi boshida «Chelsi» Angliya Premer-ligasi tarixidagi rekord darajadagi — soliqlar to'langunga qadar £ 262,4 mln miqdoridagi zarar haqida hisobot bergan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ