logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" yozda Shlotterbekni sotib olish imkoniyatiga ega

 14 APREL, 2026, 09:30

Bir necha kun avval himoyachi Niko Shlotterbek «Borussiya» bilan shartnomasini uzaytirdi. Yangi mehnat kelishuvi 26 yoshli futbolchini Dortmund klubi bilan 2031 yilning o'rtalariga qadar bog'lab turadi.

Jurnalist Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Shlotterbekning shartnomasida tovon puli haqidagi band ko'zda tutilgan bo'lib, uni shu yozdayoq faollashtirish mumkin. Shu bilan birga, ushbu banddan faqat ma'lum klublargina foydalanishi mumkin. «Bavariya» bu ro'yxatga kiritilmagan, biroq Madridning «Real» klubida bunday imkoniyat bor. Transfer summasi taxminan 50-60 million evroni tashkil etadi.

Niko Shlotterbek «Borussiya» safida jami 156 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va sheriklariga 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ