logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Neymar kimning o'yiniga havas qilganini aytdi

 14 APREL, 2026, 08:42

Shu haftada «Santos» hujumchisi Neymar bilan yangi intervyu e'lon qilinadi. Ushbu suhbat katta ehtimol bilan iqtiboslarga bo'linib ketadi va unda Neymarning Jahon chempionatida ishtirok etish istagi haqidagi bayonotlarini kutish mumkin.

Hozircha esa Ziggo Sport intervyudan ayrim parchalarni namoyish etdi. Ulardan birida 34 yoshli Neymar Dennis Bergkampning o'yini uni hayratga solgani haqida gapirib bergan.

«Menga Dennis Bergkampning o'yinini tomosha qilish yoqardi — u maydonda haqiqiy sehr yaratardi», — dedi Neymar.

Dennis Bergkamp faoliyati davomida «Ayaks», «Inter» va «Arsenal» kabi klublarda to'p surgan.

Neymar hamon tarixdagi eng qimmat futbolchi bo'lib qolmoqda — 2017 yilda «PSJ» braziliyalik uchun 222 million evro to'lagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ