logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter» A Seriya tarixidagi eng sermahsul jamoaga aylandi

 14 APREL, 2026, 08:24

Milanning «Inter» klubi so'nggi yillarda sermahsullik bobida ajoyib natijalar qayd etmoqda — jamoa qatorasiga ettinchi mavsumdirki, barcha turnirlarni inobatga olgan holda gollari sonini 100 ta va undan oshirishga muvaffaq bo'ldi. Biroq «Komo»ga qarshi kechgan bahs alohida ahamiyat kasb etdi — ushbu o'yinda to'rtta gol urgan «Inter» A Seriya tarixidagi eng sermahsul jamoaga aylandi.

Hozirgi vaqtga kelib, klubning Italiya chempionati yuqori divizionidagi ishtiroki davomida urgan gollari soni 5465 taga etdi. Aynan o'tgan yakshanba kuni milanliklar ushbu ko'rsatkich bo'yicha Turinning «Yuventus» klubidan o'zib ketishdi. «Yuventus» ushbu jadvalda 1975 yildan beri, ya'ni roppa-rosa ellik yil davomida peshqadamlik qilib kelayotgan edi! Kuchli uchlikni 5132 ta gol bilan «Milan» klubi yakunlab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ