logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

OChL. «As-Sadd» dramatik bahsda «Al-Hilol»ni penaltilarda mag'lub etib, chorak finalga chiqdi (videosharh)

 14 APREL, 2026, 07:30

Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida «Al-Hilol» va «As-Sadd» o'rtasidagi uchrashuv haqiqiy trillerga aylandi. Asosiy va qo'shimcha vaqt 3:3 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa Qatar klubi 4:2 hisobida ustun keldi.

Uchrashuvda saudiyaliklar uch bor hisobda oldinga chiqdi, ammo «As-Sadd» har safar javob qaytardi.

Hisobni 29-daqiqada Sergey Milinkovich-Savich ochdi. Oradan etti daqiqa o'tib, Klaudino hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda Salim Ad-Davsariy yana «Al-Hilol»ni oldinga olib chiqdi, ammo Rafa Muxika yana tenglikni ta'minladi.

65-daqiqada zaxiradan tushgan Markos Leonardo «Al-Hilol»ni uchinchi bor oldinga chiqardi. Biroq 70-daqiqada Roberto Firmino hisobni yana tenglashtirib, o'yinni qo'shimcha vaqtga olib chiqdi.

Qo'shimcha vaqtda g'olib aniqlanmadi va hammasi penaltilar seriyasida hal bo'ldi. Bu erda «As-Sadd» aniqroq harakat qildi — 4:2.

Qatarliklarning so'nggi zarbasini jamoa sardori Akram Afif aniq amalga oshirdi. "Al-Hilol" safida esa Karim Benzema penaltini golga aylantira olmadi.

Endi Qatar klubi chorak finalda Yaponiyaning «Vissel Kobe» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo Chempionlar ligasi, 1/8 final
14 aprel 2026 yil
«Al-Hilol» — «As-Sadd» 3:3 (penaltilar — 2:4)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ