UEFA va Nike o'rtasida yirik kelishuv: Chempionlar ligasi to'plari o'zgaradi
14 APREL, 2026, 07:18
Nike kompaniyasi UEFA bilan evrokubok turnirlari uchun to'plar etkazib berish bo'yicha qiymati 40 million evroga teng shartnoma imzolaydi. Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Amerikaning Nike firmasi Chempionlar ligasi uchun to'p etkazib beruvchi sifatida Germaniyaning Adidas kompaniyasi o'rnini egallaydi. Avvalroq, 1998 yildan 2001 yilgacha mazkur turnirda Amerika firmasining to'plaridan foydalanilgan, shundan so'ng shartnoma nemis ishlab chiqaruvchisiga o'tgan edi.
Adidas kompaniyasining Chempionlar ligasi uchun to'plar etkazib berish bo'yicha amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan. Shuningdek, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi uchun to'p etkazib beradigan Decathlon kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma ham o'sha vaqtda tugaydi. Kutilishicha, Nike 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan kelishuv doirasida bir yo'la uchta evrokubok turnirining ta'minotchisiga aylanadi. Germaniya firmasi esa boshqa turnirlarga e'tibor qaratishga qaror qilib, shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarda ishtirok etmayotganini tasdiqladi.
