logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ» darvoza chizig'ida inqilob qilmoqchi

 14 APREL, 2026, 07:06

«PSJ» klubi navbatdagi transfer oynasida darvoza chizig'ini kuchaytirish niyatida va «Brayton» posboni Bart Verbryuggenga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Yahoo Canada Sports.

Manbaning ta'kidlashicha, Lyuka Shevalening «PSJ»ga transferi hozirda muvaffaqiyatsiz deb hisoblanmoqda va Parij klubi yaqin vaqt ichida vaziyatni o'nglashi zarur.

Frantsiyalik darvozabonning jamoadan ketishi allaqachon muhokama qilinmoqda, biroq bu holat Matvey Safonovning foydasiga ishlamaydi. Rossiyalik posbon mavsumni yaxshi o'tkazayotgan bo'lsa-da, «PSJ» rahbariyati uni uzoq muddatli asosiy darvozabon sifatida ko'rmayapti. Shu sababli, klub sport direktori Luish Kampush yangi golkiper izlash bilan band.

Verbryuggenning «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ