logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Figu: «Jud Bellingem «Real»ning har bir o'yinida maydonga tushishi shart»

 14 APREL, 2026, 07:00

«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Luish Figuning fikricha, Jud Bellingem har bir o'yinda ishtirok etishi kerak.

Chorshanba kuni «Real» Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvida «Bavariya» bilan to'qnash keladi. Madridliklar yarim himoyachisi Orelen Tchuameni birinchi o'yinda (1:2) mavsumdagi uchinchi sariq kartochkasini olgani sababli ushbu bahsni o'tkazib yuboradi.

«Bu jiddiy yo'qotish. Tchuameni — jamoaning muhim o'yinchisi, lekin menimcha, «Real»da uning o'rnini bosa oladigan variantlar bor.

Bu Bellingem bo'lishi mumkinmi? Ha, shunday deb o'ylayman. «Bernabeu»dagi dastlabki bahsda u zaxiradan juda yaxshi tushdi va vaziyatni o'zgartira oladigan hal qiluvchi omil bo'lish uchun etarlicha sifatlarga ega ekanligini ko'rsatdi. Mening nazarimda, Bellingem doim o'ynashi kerak, bu mantiqan to'g'ri», — dedi Figu.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ