«As-Sadd» qatorasiga uchinchi bor Qatar chempioniga aylandi
14 APREL, 2026, 06:48
Qatarning «As-Sadd» klubi joriy mavsumda mamlakat chempioniga aylandi.
Roberto Manchini boshchiligidagi jamoa musobaqa yakunlanishiga bir tur qolganida chempionlikni naqd qildi. Bu «Ash-Shamal» jamoasining «Qatar» klubiga (0:2) imkoniyatni boy berganidan so'ng sodir bo'ldi.
Ayni damda «As-Sadd» hisobida 21 o'yindan so'ng 42 ochko mavjud. «Ash-Shamal» esa 21 bahsda 37 ochko jamg'argan.
Doha klubi o'z tarixida 19-bor, qatorasiga esa uchinchi marta chempionlik titulini qo'lga kiritdi. Murabbiy Manchini uchun bu faoliyatidagi 15-sovrin bo'ldi.
