logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ispaniya Kubogi finalini boshqaradigan hakamlar ma'lum

 14 APREL, 2026, 06:42

Bugun Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi mamlakat kubogi finalidan o'rin olgan «Atletiko» — «Real Sosedad» uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar brigadasi tarkibini e'lon qildi. Ushbu bahs 18 aprel kuni Sevilyada bo'lib o'tadi.

Brigada tarkibidan sakkiz nafar hakam joy oldi: Xaver Alberola Roxas (bosh hakam), Alfredo Rodriges (birinchi yordamchi), Xorxe Bueno (ikkinchi yordamchi), Adrian Kordero (zaxira hakami), Xose Luis Martines (beshinchi hakam), Xorxe Figeroa Vaskes (VAR), Daniel Truxilo Suares (AVAR1) va Luis Mariya Milya (AVAR2).

Hakamlar qo'mitasining bu qarori turli e'tirozlarga sabab bo'ldi. Gap shundaki, 10 aprel kuni Alberola Roxas Ispaniya chempionati 31-turidan o'rin olgan «Real» — «Jirona» (1:1) o'yinini boshqargan, Truxilo Suares esa o'sha bahsda VAR hakami sifatida ishlagan edi. O'sha uchrashuvning 87-daqiqasida Kilian Mbappega nisbatan ishlatilgan yaqqol fol (uning peshonasi va labiga tirsak bilan zarba berilgan) uchun bosh hakam penalti belgilamagan, videoassistent esa vaziyatga aralashmagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ