logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Elit OChL. Manchinining «As-Sadd» jamoasi Indzagining «Al-Hilol»ini turnirdan chiqarib yubordi

 14 APREL, 2026, 06:36

Qatarning «As-Sadd» klubi Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasini mag'lub etdi. Asosiy vaqt 3:3 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa qatarliklar 4:2 hisobida zafar quchishdi.

Mehmonlar safida Klaudino gol urdi (36-daqiqa) va o'z hisobiga bitta golli uzatmani ham yozdirib qo'ydi. Shuningdek, Rafa Muxika (58) va Roberto Firmino (70) ham bittadan to'p kiritishdi.

Saudiyaliklar safida Sergey Milinkovich-Savich (29), Salim al-Dovsari (55) va Markos Leonardo (67) gol muallifiga aylanishdi.

Penaltilar seriyasida Qatar klubi futbolchilari aniqroq harakat qilishdi — 4:2. Klaudino o'z imkoniyatidan unumli foydalandi.

Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final
«Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) — «As-Sadd» (Qatar) — 3:3 (penaltilar bo'yicha — 2:4)

Gollar: Milinkovich-Savich, 29 (1:0), Klaudino, 36 (1:1), al-Dovsari, 55 (2:1), Muxika, 58 (2:2), Markos Leonardo, 67 (3:2), Firmino, 70 (3:3).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ