logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Luis Enrike: «Bu bahs biz uchun qopqon bo'lishi mumkin»

 14 APREL, 2026, 06:30

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi chorak finali doirasida «Liverpul»ga qarshi kechadigan javob o'yinidan kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.

«Ushbu o'yinning murakkabligi aynan shunda — juda ehtiyotkor bo'lish lozim. Bu erda yashirin xavflar bor. Bu xuddi qopqonga o'xshaydi. Hamma: «Sizlar 2:0 hisobida oson g'alaba qozondingiz va raqibdan ancha kuchlisiz», deb aytmoqda. Odamlar shunday deyishyapti va ehtimol bu to'g'ridir, bilmayman. Ammo vaziyat juda tez o'zgarib ketishi mumkin. Biz tayyor bo'lishimiz kerak.

Birinchi bo'limda gol o'tkazib yuborishingiz mumkin va shu bilan o'yin taqdiri ochiqligicha qoladi. O'ylaymanki, biz ushbu bahsga xuddi avvalgilaridek tayyorgarlik ko'rishimiz zarur. «Liverpul» oldinga intilishi, hujum qilishi va gol urishga harakat qilishi aniq, ammo men jamoam qiyinchiliklarga duch kelishini bilishiga ishonch hosil qilishim kerak. Bu oson bo'lmaydi», — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, dastlabki uchrashuvda «PSJ» 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Javob o'yini 14 aprel kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (15 aprelga o'tar kechasi) boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ