Odil Hamrobekov harakat qilayotgan «Traktor» Elit OChL o'yini uchun Saudiyaga etib bordi
14 APREL, 2026, 06:24
Eronning «Traktor» klubi Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida Saudiya Arabistoniga etib keldi va 13 aprel kuni OChL 1/8 finali doirasida «Shabab Al-Ahli» jamoasiga qarshi maydonga tushishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda AP.
«Traktor» jamoasi uzoq davom etgan safardan so'ng, 12 aprel kuni Jidda shahriga etib bordi: klub a'zolari avval Eron shimoli-g'arbidagi Tabrizdan Turkiyagacha er usti transportida, so'ngra Istanbuldan samolyotda parvoz qilishgan.
«Ushbu o'yin oldidan holatimiz ancha murakkab, «Shabab»ga qarshi kechadigan 90 daqiqa biz uchun og'ir kechadi», — dedi «Traktor» bosh murabbiyi Muhammad Rabii matbuot anjumanida.
Eron chempionati to'xtatib qo'yilgani sababli, jamoa 28 fevraldan beri rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan.
«Bizda bo'lajak o'yinlarda g'alaba qozonish va Osiyo finaliga chiqish borasida katta ambitsiyalar bor. Ertangi bahsdan boshlab, yaqin vaqt ichida duch kelgan jiddiy qiyinchiliklarga qaramay, hamma bizning yuqori darajamizni ko'radi», — deya qo'shimcha qildi murabbiy.
«Shabab Al-Ahli» va «Traktor» o'rtasidagi bahs 14 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.
