logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kristian Romero mavsum oxirigacha safdan chiqdi

 14 APREL, 2026, 06:18

«Tottenxem» himoyachisi Kristian Romero «Sanderlend»ga qarshi o'yinda (0:1) olgan tizza jarohati sabab 2025/26 yilgi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda ESPN.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, dastlabki tibbiy ko'riklar 27 yoshli argentinalik futbolchining tizza paylari shikastlanganini ko'rsatgan. Jarohatning qay darajada jiddiy ekanini aniqlash uchun yaqin kunlarda qo'shimcha tekshiruvlar o'tkaziladi.

Himoyachi besh haftadan sakkiz haftagacha maydonga tusha olmasligi mumkin va «Tottenxem» bu haqdagi rasmiy ma'lumotni yaqin kunlarda e'lon qiladi.

Shunday bo'lsa-da, Jahon chempionati-2026 boshlanishiga ikki oydan kam vaqt qolganini inobatga olsak, Romeroda turnirgacha to'liq tiklanib olish imkoniyati mavjud bo'ladi.

2025/26 yilgi mavsumda himoyachi 32 ta o'yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ