logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arslanbek Maxmudov - Tayson Fyuri jangidan so'ng: "Menimcha durang edi"

 13 APREL, 2026, 14:48

Arslanbek Maxmudov Tayson Fyuriga qarshi jang yakuni bo'yicha chiqarilgan qarordan norozi ekanligini bildirdi.

"Uni mag'lub etishga harakat qildim. Bir necha bor aniq zarbalar bilan ushladim, lekin Tayson juda tajribali. U tarixdagi eng yaxshi superog'ir vazndagilardan biri. Bizda o'zaro hurmat bor. Men o'zimdagi elgan barcha imkoniyatni ko'rsatdim.

Bu juda yaqin jang bo'ldi, men o'zimni mag'lub bo'ldim deb his qilmayapman. Menimcha, bu durang edi. Lekin men aniq yutqazmadim. O'zimni g'olibdek his qilyapman. O'zimdan faxrlanaman. Men uchun yutqazdimmi yoki yutdimmi — ahamiyatli emas. Qo'limdan kelgan barcha ishni, hatto imkoni bo'lmaganini ham qildim", — dedi Maxmudov.

Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri Londonda bo'lib o'tgan boks kechasining asosiy jangida Arslanbek Maxmudovni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ