logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappega etib olishmoqda

 13 APREL, 2026, 13:48

«Malorka» hujumchisi Vedat Muriki La Liganing 31-turi doirasida «Rayo Valekano»ga qarshi kechgan bahsda (3:0) dubl qayd etdi.

Kosovalik futbolchi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 30 ta o'yinda 21 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi — bu XXI asrda «Malorka» futbolchilari uchun bir mavsumdagi gollar soni bo'yicha ikkinchi ko'rsatkichdir. Rekord Daniel Guisaga tegishli bo'lib, u 2007/08 yilgi mavsumda 27 ta to'p kiritgan edi.

Muriki La Liga to'purarlar poygasida Madridning «Real» klubi a'zosi Kilian Mbappedan ikkita golga ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ