logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Eto’Odan o'zib ketgan Muriki: Kosovalik forvard La Ligada yangi marrani zabt etdi

 13 APREL, 2026, 13:36

Hujumchi Vedat Muriki «Malorka» safida La Ligada gol urish bo'yicha Samuel Eto’O o'rnatgan rekordni yangiladi.

Kosovalik futbolchi La Liganing 31-turi doirasida «Rayo Valekano»ga qarshi kechgan bahsda (3:0) dubl qayd etdi. Endilikda Murikining «Malorka» safida La Ligada urgan gollari soni 55 taga etdi. Shu tariqa, 31 yoshli forvard Ispaniya oliy divizionida klub uchun 54 ta gol urgan Eto’Odan o'zib ketdi.

Barcha musobaqalarni inobatga olganda, «Malorka» tarixidagi eng yaxshi to'purar Joan Morro Alberti hisoblanadi — uning hisobida 94 ta gol bor.

Joriy mavsumda Muriki Ispaniya chempionatida 21 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. U La Liga to'purarlar poygasida Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappedan ikkita golga ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ