logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kazemiro: «Men ketgan kundan boshlab «MYu»ning yana bir muxlisi paydo bo'ladi»

 13 APREL, 2026, 13:24

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro klubni tark etganidan keyin ham uni kuzatishda davom etishini ma'lum qildi.

Braziliyalik futbolchi kelayotgan yozda «qizil iblislar» safini tark etadi — uning muddati tugayotgan shartnomasi uzaytirilmasligi haqida hali yanvar oyidayoq ma'lum bo'lgan edi.

«Albatta, men doim «Manchester Yunayted» o'yinlarini tomosha qilaman va klubni kuzatishda davom etaman. Avval ham aytganimdek, men ketgan kundan boshlab «MYu»ning yana bir qo'shimcha muxlisi paydo bo'ladi», — deya ingliz OAVlari 34 yoshli xavbekning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Kazemiro 2022 yilning avgustidan beri mankunianliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi Manchester jamoasi safida jami 155 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ