logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola: «Ikkinchi bo'lim birinchisidan ming marta yaxshiroq bo'ldi»

 13 APREL, 2026, 13:06

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Chelsi» ustidan qozonilgan yirik g'alaba yakunlari haqida to'xtaldi. APLning 32-turi doirasida bo'lib o'tgan uchrashuv 3:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo'ldi.

«Stemford Bridj» kabi stadionda mehmonda g'alaba qozonish... Muxlislar xursand. Biz baxtiyormiz. Ikkinchi bo'lim birinchisiga qaraganda ming marta yaxshiroq chiqdi. Birinchi bo'lim ham yomon bo'lgani yo'q, lekin ba'zi futbolchilar o'zlarini ko'rsatishlari kerak bo'lgan darajada emasdilar», — deya murabbiy so'zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

«Biz o'sishda davom etyapmiz. Endi bizda haftalar uzunroq, chunki Chempionlar ligasidan chiqib ketdik. Jismoniy tomondan tetiklashdik, hamma mashg'ulotlarda qatnashmoqda, futbolchilar nima qilish kerakligini yaxshiroq tushunishyapti. Reallik shunday».

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ