logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Top-klublar e'tiboridagi frantsuz

 13 APREL, 2026, 12:42

«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi Angliya Premer-ligasi grandlarining transfer maqsadiga aylandi.

CaughtOffside nashrining xabariga ko'ra, 19 yoshli porloq yulduzni o'z safiga qo'shib olish uchun «Liverpul» va «Chelsi» jamoalari kurash olib borish niyatida. Taxminlarga ko'ra, «olchalar» (Bornmut laqabi) istiqbolli frantsuz uchun taxminan 60 million funt sterling (taxminan 69 million evro) talab qiladi.

Transfermarkt ekspertlarining bahosiga ko'ra, Eli Junior Krupining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi. Angliya chempionatining joriy mavsumida yosh hujumchi «Bornmut» safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta golni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Xususan, futbolchi so'nggi ikki uchrashuvda «Arsenal» va «Manchester Yunayted» darvozalarini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ