Fabregas Italiyada mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi
13 APREL, 2026, 12:36
«Komo» jamoasining ispaniyalik ustozi Fransesk Fabregas mart oyi yakunlariga ko'ra Italiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sayti xabar bermoqda.
38 yoshli mutaxassis o'z jamoasini «Kalyari» (2:1), «Roma» (2:1) va «Piza» (5:0) ustidan qozonilgan uchta muhim g'alaba sari boshlab keldi. Bu natijalar «Komo»ning turnir jadvalining yuqori qismidagi pozitsiyasini mustahkamlashiga yordam berdi.
Mazkur sovrin Fabregasga «Komo»ning Milanning «Inter» klubiga qarshi o'z maydonidagi o'yini oldidan topshirildi. 12 aprel kuni 32-tur doirasida bo'lib o'tgan uchrashuv «neradzurrilar»ning 4:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Hozirda «Komo» 58 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.
