logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabregas «Inter»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jamoaning maqsadlarini ochiqladi

 13 APREL, 2026, 11:54

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas jamoaning A Seriya turnir jadvalidagi holati haqidagi savolga javob berdi.

Yakshanba kuni «byankoblu» o'z maydonida «Inter»dan mag'lubiyatga uchradi (3:4) va Chempionlar ligasi yo'llanmasini beruvchi to'rtinchi o'ringa qaytish imkoniyatini qo'ldan chiqardi.

«Jadvalda nechanchi o'rinda ekanimizni bilmayman, chunki mavsum boshidan beri uni tekshirganim yo'q va hozir ham buni qilish niyatim yo'q. Shunchaki ayta olamanki, biz erishilgan natijalar bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. Oldinda yana oltita tur bor, shuningdek, Italiya Kubogidagi ishtirokimizni ham davom ettiryapmiz. Mavsum yakunida qaerda bo'lishimizni ko'ramiz», — deya Fabregasning so'zlarini keltirmoqda Football Italia.

Hozirda «Komo» to'rtinchi pog'onada borayotgan «Yuventus»dan ikki ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ