logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

10 yil avval chempionlik uchun kurashgan «Lester» va «Tottenxem»ning biri Chempionshipda, ikkinchisi APLda jon saqlashga urinmoqda

 13 APREL, 2026, 11:24

«Lester» va «Tottenxem» joriy mavsum yakunlariga ko'ra quyi ligaga tushib ketish xavfi ostida qolmoqda.

«Tulkilar» Chempionship turnir jadvalida oxirgidan bitta oldingi — 23-o'rinni egallab turibdi, vaholanki mavsum tugashiga atigi to'rtta tur qoldi. «Shporlar» esa Premer-ligada 18-o'rinda bormoqda. Qizig'i shundaki, atigi o'n yil avval bu jamoalar APL chempionligi uchun kurashgan edi: o'shanda «Lester» sensatsion tarzda birinchi, «Tottenxem» esa uchinchi o'rinni egallagan.

«Lester»ni ligada jon saqlab qolish imkonini beruvchi 21-o'rindan to'rt ochko ajratib turibdi. Ta'kidlash joizki, klub moliyaviy qoidalarni buzgani uchun olti ochkodan mahrum qilingan edi. «Tottenxem» esa 17-o'rindagi «Vest Xem»dan ikki ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ