logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«MYu» yarim himoyachisiga da'vogarlar ro'yxati ma'lum

 13 APREL, 2026, 11:18

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Manuel Ugarte transfer bozorida katta qiziqish uyg'otmoqda.

25 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunidan so'ng klubni tark etish ehtimoli juda yuqori — u «qizil iblislar»ning asosiy tarkibiga kamdan-kam hollarda kiritilmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, urugvaylik futbolchi uchun asosiy da'vogarlar sifatida «Yuventus», «Milan», Madridning «Atletiko», «Nyukasl» va «Galatasaroy» klublari ko'rilmoqda.

Transfermarkt portali Manuel Ugartening qiymatini 30 mln evroga baholagan. Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2024 yilning yozida 50 mln evro evaziga «PSJ»dan mankunianliklar safiga kelib qo'shilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ