logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona»ga qarshi javob o'yinida «Atletiko» yulduzi jamoaga yordam berishi mumkin

 13 APREL, 2026, 10:00

Madridning «Atletiko» klubi darvozaboni Yan Oblak Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvida ishtirok etishi mumkin.

Sloveniyalik posbon jarohatidan qutilgan va maydonga qaytishga tayyor, deb xabar bermoqda jurnalist Pedro Fulyana. Diego Simeone «ko'k-anorranglilar» bilan bo'lajak bahsda 33 yoshli darvozabonni asosiy tarkibga kiritishi kutilmoqda, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

«Matraschilar»ning «Barselona» bilan uchrashuvi 14 aprel kuni Madridda bo'lib o'tadi. Yan Oblak jamoasining oxirgi oltita o'yinini, shu jumladan, kataloniyaliklarga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan dastlabki bahsni ham o'tkazib yuborgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ