logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter» ustozi Skudetto haqidagi savolga Konte va Allegri uslubida javob qaytardi

 13 APREL, 2026, 09:48

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Skudetto uchun kurashdagi hozirgi vaziyat haqidagi savolga javob berdi.

«Neradzurrilar» «Komo» ustidan irodali g'alabaga erishib (4:3), chempionlik sari navbatdagi qadamni tashladi. Kivu jamoasi mavsum yakuniinternalga olti tur qolganida «Napoli»dan 9 ochko, «Milan»dan esa 12 ochko oldinda bormoqda.

Jurnalistlar ruminiyalik mutaxassisdan chempionlik masalasi hal bo'ldimi, deb so'rashganida, u Antonio Konte va Massimiliano Allegrining ustidan engilgina hazil qildi.

«Men doimiy ravishda Chempionlar ligasi yo'llanmasini ta'minlash kerakligi haqida gapiradigan hamkasblarimdan o'rnak olaman. Shunday deyman: biz ushbu maqsadga yaqinlashganimizdan xursandmiz, ammo matematik jihatdan hali kuchli to'rtlikdan joy olishni kafolatlaganimiz yo'q», — dedi Kivu DAZN bilan suhbatda.

Navbatdagi turda «Inter» «Kalyari» bilan to'qnash keladi — bahs 17 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ