Di Kanio: «Italiyaning eng yaxshi futbolchisi Angliyaning o'ninchi klubida»
13 APREL, 2026, 09:06
Italiyalik sobiq futbolchi Paolo di Kanio Sandro Tonalini A Seriyada ko'rishni istashini, biroq Italiya chempionati u erdagi eng yaxshi o'yinchi (di Kanio fikricha) uchun etarlicha jozibador emasligini ma'lum qildi.
«Men Tonalini Italiyaning eng yaxshi klubi — «Inter»da ko'rishni juda xohlardim. U erda Sandroga ehtiyoj bor edi. Buning o'rniga, u Angliyaning kuchi bo'yicha o'ninchi o'rinda turadigan klubida o'ynayapti. Bu ko'p narsadan dalolat beradi», — deya di Kanioning so'zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Sandro Tonali «Milan» sharafini himoya qilgan va 2022 yilda jamoa bilan Skudettoni qo'lga kiritgan edi. Oradan bir yil o'tib, u «Nyukasl» taklifini qabul qilib, APLga yo'l olgan.
