logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC. Islom Maxachev Italiyada uni tunab ketishgani haqida gapirib berdi

 12 APREL, 2026, 21:06

UFCning yarim o'rta vazn toifasidagi (77 kg gacha) amaldagi chempioni, 34 yoshli rossiyalik Islom Maxachev Italiyada o'g'rilik qurboni bo'lganini ma'lum qildi.

«Mana shunday chiroyli rejalar bilan Italiyaga kelgandim, lekin endi bu mamlakat menga yoqmayapti. Bu erda meni qanday qilib chuv tushirishganini hali aytib beraman. Faqat hamyon va pasport qoldi. Yaxshiyamki, "insofli" o'g'rilar pasportimni qaytarib berishdi.

Chemodandagi eng qimmatli narsa butsalarim edi. O'g'rilar, agar futbol sizlarning sohangiz bo'lmasa, ularni qaytarib berishingiz mumkin, qabul qilaman. Xavotir olmang, hammasi joyida, vahimaga hojat yo'q. Namoz o'qiydigan joynamozim ham qoldi, menga boshqa hech narsa kerak emas», — deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida.

Hozirgi vaqtda Maxachev UFCda ketma-ket 16 ta g'alabali seriya qayd etmoqda. Islomning umumiy hisobida 28 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ