logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Peres: «Real» oilasida 700 million kishi bor, birdamlik — bizning buyuk kuchimiz»

 12 APREL, 2026, 20:18

«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres 50 va 60 yil davomida klubga sodiq qolgan a'zolarga esdalik nishonlarini topshirish marosimida klubni qo'llab-quvvatlovchi insonlarning birdamligi haqida gapirdi.

«Men doimo madridliklarning birdamligi — bizning eng katta kuchimiz ekanligini aytib kelganman. Bugungi kunda «Real Madrid»ning ulkan oilasi ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali bir-biri bilan bog'langan 700 million kishidan iborat. Bu 700 million inson madridizmni barcha chegaralardan ortiqroq, universal tushuncha sifatida qabul qiladi.

Kelib chiqishi, tili, urf-odatlari, dini yoki madaniyatidan qat'i nazar — ularning barchasida bir xil his-tuyg'ular, quvonch va orzular mujassam. Ularni «Real»ga bo'lgan ishtiyoq birlashtiradi. Ularni mana shu oilaning bir qismi ekanliklari birlashtirib turadi», — dedi Peres.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ