Ruslan jarima maydonchasi tashqarisidan gol urish bo'yicha Messi va Mbappega yaqinlashdi
12 APREL, 2026, 19:06
«Jenoa» yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy «Sassuolo»ga qarshi o'yinda (2:1) jarima maydonchasi tashqarisidan gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Ukrainalik futbolchi 2019/20 yilgi mavsumda A Seriyada debyut qilgan vaqtidan beri Evropaning kuchli beshlik ligalarida faqat Lionel Messi (23) va Kilian Mbappe (24) jarima maydonchasi tashqarisidan ko'proq gol urishgan.
Malinovskiy hisobida hozirda 21 ta shunday gol mavjud. Harri Keyn ham xuddi shuncha ko'rsatkichga ega.
