logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" Mbappe mashg'ulotlarda ishtirok etmaganini e'lon qildi

 12 APREL, 2026, 18:24

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe yakshanba kuni maydondagi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Madrid klubi rasmiy saytida Mbappening qoshi ustiga chok qo'yilgani sababli mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgani haqida ma'lumot berildi.

«Mbappe noqulaylik sezgani va ehtiyot chorasi sifatida maydonga tusha olmadi», — deyiladi klub xabarida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Mbappe qoshi ustiga qo'yilgan choklar aks etgan suratni e'lon qildi. Frantsiyalik futbolchi o'tgan o'yindagi to'qnashuv natijasida jarohat olgan edi.

Eslatib o'tamiz, juma kuni «Real» o'z maydonida «Jirona»ni mag'lub eta olmadi — La Liga doirasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi. «Barselona» esa «qaymoqranglilar»ning ushbu xatosidan unumli foydalanib, oradagi farqni to'qqiz ochkogacha oshirib oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ