logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rosenor Joao Pedroning joriy mavsumdagi o'yiniga baho berdi

 12 APREL, 2026, 16:30

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor londonliklar hujumchisi Joao Pedro haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Joao Pedro — bu ulkan salohiyatga ega ekanligini hamma biladigan futbolchi, lekin endi u mana shu salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarishi kerak bo'lgan yoshga etdi. U ko'proq gol urib, bizga Angliya Kubogini yutishda va Chempionlar Ligasiga yo'llanma olishda yordam bersa, shuningdek, Jahon chempionatida Braziliya terma jamoasining 9-raqamli libosini kiysa, mendan baxtliroq inson bo'lmasdi», — deya Rosenorning so'zlarini keltirmoqda «Chelsi» rasmiy sayti.

Joriy mavsumda Joao Pedro «Chelsi» safida barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushdi. U o'z hisobiga 19 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ