logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Noyer Nagelsmann sababli Germaniya terma jamoasida o'ynashdan bosh tortgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

 12 APREL, 2026, 16:12

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann tufayli Jahon chempionati uchun milliy jamoaga qaytishdan bosh tortayotgani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Bu shunchaki haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Biz «Bavariya»da birga ishlaganmiz; u mening murabbiyim edi. Evropa chempionatida ham men uning darvozaboni edim. Munosabatlarimiz yomon emas, aksincha, bizning aloqalarimiz yaxshi. Tashqarida aytilayotgan gaplar uni ham, meni ham qiziqtirmaydi. Shuning uchun biz bu borada xotirjammiz.

Men Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etmayapman va bu jarayonning bir qismi emasman. Diqqat-e'tiborim «Bavariya»ga qaratilgan va buni bir necha bor ta'kidlaganman. Men shunchaki ushbu jamoaning bir bo'lagi ekanligimdan zavqlanyapman. Oldimizda ko'plab muhim va hal qiluvchi o'yinlar turibdi, men jamoa bilan birgalikda ushbu lahzalardan bahra olishga harakat qilyapman», — dedi Noyer ZDF telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Yulian Nagelsmannning «Bavariya»dagi faoliyati davomida, 2023 yilda u va Manuel Noyer o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan edi. Bunga Noyerning yaqin do'sti bo'lgan darvozabonlar murabbiyi Toni Topalovichning ishdan bo'shatilishi sabab bo'lgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ