logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fernandesh Keynning «Bavariya»ga o'tish qarorini to'g'ri deb hisoblaydi

 12 APREL, 2026, 15:54

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi va sardori Brunu Fernandesh hujumchi Xarri Keynning «Tottenxem»dan «Bavariya»ga o'tish qaroriga baho berdi.

«Agar u «Tottenxem»da yana bir yoki ikki mavsum qolganida, Premer-liga tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangan bo'lardi. U afsonaga aylanarmidi yoki yo'qmi? Albatta, aylanardi.

U «Bavariya»ga o'tishga qaror qildi va bu to'g'ri qaror, chunki u sovrinlar yutish uchun katta imkoniyati borligini biladi. Hozir biz «Tottenxem»dagi kabi ko'p gol urayotgan Keyn haqida gapiryapmiz, lekin endi u sovrinlar qo'lga kiritayotgani uchun «Oltin to'p»ni ham yutishi mumkin», — deya Fernandeshning so'zlarini keltirmoqda The Times.

Keyn 2023 yilning yozidan buyon «Bavariya»da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 41 ta o'yinda ishtirok etib, 49 ta gol va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ