Ikki klub Endryu Robertson uchun «Tottenxem» bilan raqobatlashishi mumkin
12 APREL, 2026, 15:30
«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi «Liverpul» qanot himoyachisi Endryu Robertsonning transferiga rozilik berdi. Futbolchining shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, London klubidan tashqari, 32 yoshli futbolchiga «Seltik» va uning sobiq jamoasi «Xall Siti» ham qiziqish bildirmoqda. «Yo'lbarslar» agar Angliya Premer-ligasiga yo'llanma olsalar, Robertsonga taklif bilan chiqishga tayyor. Ayni damda klub Chempionshipning pley-off hududidan joy olgan.
Ta'kidlanishicha, shotlandiyalik himoyachi «Tottenxem» bilan o'tish borasida kelishuvga erishgan va hattoki «shporlar» APLni tark etgan taqdirda ham jamoaga qo'shilishi mumkin.
