logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Peres: «Bu erda hech kim taslim bo'lmaydi»

 12 APREL, 2026, 15:18

Madridning «Real» klubi prezidenti lavozimida faoliyat yuritayotgan Florentino Peres «qirollik klubi»ning futbol tarixidagi ahamiyati haqida gapirdi. «Real» rahbari Ispaniya jamoasining qo'lga kiritgan ko'plab sovrinlariga e'tibor qaratib, «qaymoqranglilar» erishilgan yutuqlar bilan to'xtab qolmoqchi emasliklarini ta'kidladi.

«Bu erda hech kim taslim bo'lmasligini yaxshi bilasiz. Biz aynan «Real» sohib bo'lgan sport tarixidagi eng boy sovrinlar ro'yxatini yanada to'ldirish uchun yildan-yilga, eng so'nggi soniyagacha kurashishda davom etamiz», — dedi Peres.

Ayni damda Alvaro Arbeloa shogirdlari La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borishmoqda va peshqadam «Barselona»dan to'qqiz ochkoga ortda qolmoqdalar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ