logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shirer «Arsenal»ning muammosini aytdi

 12 APREL, 2026, 15:00

Afsonaviy sobiq futbolchi Alan Shirer «Arsenal»ning «Bornmut»dan uchralgan kutilmagan mag'lubiyatidan (1:2) so'ng jamoa o'yini haqida fikr bildirdi. «To'pchilar» Premer-liganing 32-turi doirasida shanba kuni bo'lib o'tgan bahsda o'z uylarida «olchalar»ga imkoniyatni boy berishdi.

«Arsenal»da umuman energiya ko'rinmadi — «Bornmut» g'alabani ko'proq xohladi. Bu xavotirli belgi. Hech qanday bahona bo'lishi mumkin emas. G'alabaga ko'proq intilgan kuchliroq jamoa zafar quchdi», — dedi Shirer BBC studiyasida.

Mikel Arteta jamoasi APL jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Manchester Siti»dan to'qqiz ochko oldinda. Biroq «shaharliklar»da ikkita zaxira o'yini mavjud. Bugun Xosep Gvardiola shogirdlari Londonda «Chelsi» bilan to'qnash kelishadi, navbatdagi turda esa o'z maydonlarida «Arsenal»ni qabul qilishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ