logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ko'plab «Chelsi» muxlislari jamoadan mag'lubiyat kutishmoqda

 12 APREL, 2026, 14:54

Bugun Premer-liganing 32-turi doirasida «Chelsi» o'z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi. Agar «shaharliklar» g'alaba qozonsa, jadvalda peshqadamlik qilayotgan «Arsenal» bilan oradagi farqni o'zaro o'yin oldidan 6 ochkogacha qisqartirishadi. Shu bilan birga, Xosep Gvardiola jamoasida yana bitta zaxira o'yini mavjud bo'ladi.

The Touchline nashrining qayd etishicha, ko'plab «Chelsi» muxlislari yakshanba kungi bahsda o'z jamoalarining mag'lubiyatiga rozi bo'lib turishibdi — bularning barchasi «Arsenal» chempion bo'lmasligi uchun. «Ko'klar»ning ayrim ishqibozlari bugungi jangda raqibning g'alaba qozonishini chin dildan istashmoqda.

«Arsenal» olis 2004 yildan beri Angliya chempioni bo'la olmayapti. Oxirgi uch mavsumda «to'pchilar» muntazam ravishda ikkinchi o'rinni egallab kelishmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ